Barcha yangiliklar
JAMOAT TARTIBI VA XAVFSIZLIGI — DOIMIY E’TIBORDA
Gallery image 276526
ALIYEVA ZILOLA YASHNAROVNA
27 Okt 2026
12:43

JAMOAT TARTIBI VA XAVFSIZLIGI — DOIMIY E’TIBORDA

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Voropayeva Natalya tomonidan “Yangibog‘” mahallasi hududida profilaktika inspektori bilan ishchi uchrashuv o‘tkazildi.

🤝Uchrashuv davomida mahalla hududida jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, videokuzatuv kameralarining holati va faoliyat yuritishi, shuningdek, hududdagi mavjud vaziyat muhokama qilindi.

🔎Shuningdek, tezkor choralar ko‘rishni talab etayotgan muammoli masalalarni aniqlash, ularni bartaraf etish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish hamda kelgusidagi qo‘shma chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.

⚖️Mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni talablaridan kelib chiqqan holda, huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda hududda osoyishtalikni ta’minlashga qaratilgan.

📌Deputatlik nazorati doirasida hududdagi mavjud muammolarni o‘rganish va ularning amaliy yechimini topish bo‘yicha ishlar izchil davom ettiriladi.