Barcha yangiliklar
MAHALLIY BUDJET VA ISH O‘RINLARI MASALALARI DEPUTATLAR MUHOKAMASIDA
Gallery image 276522
Gallery image 276523
Gallery image 276524
ALIYEVA ZILOLA YASHNAROVNA
26 Okt 2026
12:39

MAHALLIY BUDJET VA ISH O‘RINLARI MASALALARI DEPUTATLAR MUHOKAMASIDA

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashining qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi “ZOOM” platformasi orqali o‘tkazildi.

📌Yig‘ilishda Yunusobod tumani mahalliy budjetining 2026-yildagi qo‘shimcha manbalarini xarajatlarga yo‘naltirish to‘g‘risidagi masala muhokama qilindi.

💰Mazkur masala yuzasidan mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalaridan samarali va maqsadli foydalanish, mablag‘larni ustuvor yo‘nalishlarga yo‘naltirish hamda hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qiladigan xarajatlarni belgilash masalalari ko‘rib chiqildi.

👥Shuningdek, Yunusobod tumanidagi aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini 2027-yilda ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish to‘g‘risidagi masala ham deputatlar muhokamasiga qo‘yildi.

💼Muhokama davomida ijtimoiy ehtiyojmand fuqarolar bandligini ta’minlash, ular uchun munosib ish o‘rinlarini yaratish hamda belgilangan ish o‘rinlarini zaxiraga qo‘yish bo‘yicha amalga oshiriladigan vazifalarga alohida e’tibor qaratildi.

🔎Yig‘ilish davomida deputatlar tomonidan masalalar yuzasidan savollar berilib, mas’ul tashkilot vakillarining axborotlari tinglandi. Shuningdek, muhokama qilingan masalalar bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.