
NAVBATDAGI SESSIYA KUN TARTIBIGA MUHIM MASALA KIRITILDI
Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga **“Veolia Energy Tashkent” MChJ XK Yunusobod tumani boshqarmasining 2026-yilning to‘qqiz oyi davomida amalga oshirgan ishlari hamda kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlari hisoboti to‘g‘risida”**gi masala kiritildi.
✅Mazkur masala doirasida “Veolia Energy Tashkent” MChJ XK Yunusobod tumani boshqarmasi tomonidan 2026-yilning to‘qqiz oyi davomida amalga oshirilgan ishlar, issiqlik ta’minoti tizimlarining barqaror faoliyatini ta’minlash borasida ko‘rilgan choralar hamda mavjud muammolar yuzasidan axborot berilishi nazarda tutilgan.
📝Shuningdek, 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish, iste’molchilarni issiqlik energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash, issiqlik tarmoqlari va tegishli infratuzilmalarning mavsumga tayyorgarlik holati, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinadi.
📝Sessiya davomida mazkur hisobot yuzasidan xalq deputatlari tomonidan savollar berilishi, mavjud muammo va takliflar muhokama qilinishi hamda kuz-qish mavsumini barqaror o‘tkazish, aholiga sifatli va uzluksiz issiqlik xizmatlarini ko‘rsatishni ta’minlashga qaratilgan tegishli vazifalar belgilab olinishi kutilmoqda.