Barcha yangiliklar
AHOLI ROZILIGI — ENG OLIY MAQSAD: MUROJAATLAR JOYIGA CHIQIB O‘RGANILMOQDA
ALIYEVA ZILOLA YASHNAROVNA
26 Okt 2026
12:37

AHOLI ROZILIGI — ENG OLIY MAQSAD: MUROJAATLAR JOYIGA CHIQIB O‘RGANILMOQDA

Yunusobod tumanida fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, aholini qiynab kelayotgan masalalarga tezkor va samarali yechim topish borasidagi amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Xususan, Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati, tuman hokimi
A. Saidaliyev tomonidan fuqarolarning murojaatlarida ko‘tarilgan masalalar mas’ullar ishtirokida bevosita joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rganildi.

🔎O‘rganish jarayonida mavjud muammo va kamchiliklar aniqlanib, ularni qisqa muddatlarda bartaraf etish, fuqarolar murojaatlari yuzasidan amaliy choralarni ko‘rish hamda masalalarni ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli mutasaddilarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

🤝Shuningdek, fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va murojaatlari tinglandi. Ko‘tarilgan masalalarni qonunchilik doirasida hal etish va ularning ijrosini nazoratga olishga alohida e’tibor qaratildi.

⚖️Qonuniy asos: mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida amalga oshirilmoqda. Qonunda fuqarolarning davlat organlariga murojaat qilish huquqi, murojaatlarni o‘z vaqtida, to‘liq va xolisona ko‘rib chiqish hamda ular yuzasidan qonuniy qarorlar qabul qilishning asosiy prinsiplari belgilangan.

🔠Zero, xalq bilan yaqindan muloqot qilish, har bir murojaat ortida turgan muammoni chuqur o‘rganish va fuqarolar manfaatini ta’minlash — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Bizni kuzatishda davom eting!