

FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi Raisi, deputati R. Yusupov tomonidan Favqulodda vaziyatlar tuman bo’limi (FVB) mas’ul xodimlar bilan hamkorlikda fuqarolar murojaatlari yuzasidan uchrashuv va o‘rganish ishlari olib borildi.
✅Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tinglanib, ularning mazmuni hamda yuzaga kelayotgan muammolar atroflicha o‘rganildi.
🤝Shuningdek, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, aholining xavfsizligini ta’minlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda fuqarolarga zarur tushuntirish va tavsiyalar berish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📍O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammolarni bartaraf etish va fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni o‘z vaqtida hal etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.