Barcha yangiliklar
272-SONLI MAKTAB ATROFIDAGI MUHOFAZA ZONASI VA XAVFSIZLIK HOLATI O‘RGANILDI
Gallery image 276515
ALIYEVA ZILOLA YASHNAROVNA
26 Okt 2026
12:32

272-SONLI MAKTAB ATROFIDAGI MUHOFAZA ZONASI VA XAVFSIZLIK HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati D. Musayeva tomonidan 272-sonli umumta’lim maktabi atrofidagi hududning muhofaza zonasi va xavfsizlik holati o‘rganildi.

🔎O‘rganish davomida maktabga olib boruvchi piyodalar yo‘laklari, o‘quvchilarning xavfsiz harakatlanishi uchun yaratilgan sharoitlar, yo‘l harakati xavfsizligi, hududning obodonlashtirilganlik va sanitariya holati, shuningdek, ta’lim muassasasi atrofida xavfsiz muhitni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🚸Shuningdek, maktab atrofida transport va piyodalar harakatining tartibga solinganligi, yo‘l belgilari hamda piyodalar o‘tish joylarining holati ko‘zdan kechirildi. Mavjud xavf-xatarlarning oldini olish va o‘quvchilar uchun xavfsiz sharoitlarni yanada yaxshilash masalalari muhokama qilindi.

⚖️Qonuniy asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-iyuldagi 425-son “Davlat ta’lim muassasalari, nodavlat ta’lim tashkilotlari va xorijiy davlatlar ta’lim tashkilotlari filiallarining xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori talablariga muvofiq, ta’lim tashkilotlari xavfsizligini o‘rganishda ularning atrofida transport va piyodalar harakatining tartibga solinganligi, qo‘riqlash va xavfsizlik tizimi hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish choralariga alohida e’tibor qaratiladi.

🤝O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish hamda 272-sonli maktab atrofida o‘quvchilar uchun yanada xavfsiz va qulay muhit yaratish bo‘yicha tegishli takliflar bildirildi.