
DEPUTAT NAZORATI: FARMON IJROSI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati S.Sadullayev tomonidan hududdagi mahallalardan birida mahalla yettiligi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-sentabrdagi PF-193-sonli “Barqaror ish o‘rinlarini yaratish va kichik biznesni jadal rivojlantirish orqali aholi daromadlarini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
📌O‘rganish davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, barqaror ish o‘rinlarini yaratish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish hamda fuqarolar daromadlarini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.
🤝Mazkur yo‘nalishlarda mahalla yettiligi a’zolari bilan hamkorlikda ishlarni samarali tashkil etish, fuqarolarning bandligini ta’minlash, mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔎Shuningdek, Farmonda belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish, aholi murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.