Barcha yangiliklar





ALIYEVA ZILOLA YASHNAROVNA
26 Okt 2026
12:28
QUSHLARNI MUHOFAZA QILISHGA QARATILGAN MUHIM TASHABBUS
2026-yil 25-oktabr kuni O‘zbekiston Ekologik partiyasidan Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati, ornitolog
O.R. Kashkarov O‘zbekistonda o‘tkazilgan “Kuzgi qushlarni kuzatish xalqaro kuni — EuroBirdwatch” tadbirining yakunlarini sarhisob qildi.
🌿Deputat tashabbusi bilan oktabr oyida Green University bilan hamkorlikda Yunusobod tumani aholisi ham ishtirokida O‘zbekistonning 6 ta viloyatidagi 8 ta tabiiy hududda qushlarni hisobga olish ishlari olib borildi.
📊Kuzatuvlar natijasida jami 27 ming dona qushning 70 turi qayd etildi. Shundan 1 849 ta qush O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan bo‘lib, ularni muhofaza qilish bo‘yicha shoshilinch choralar ko‘rish zarur.
🦅Hozirgi vaqtda deputat tomonidan yo‘qolib ketish xavfi ostidagi qush turlari qayd etilgan hududlarni muhofaza qilishga qaratilgan taklif va choralar ishlab chiqilmoqda.
📑Kuzatuvlari natijalari asosida deputatlik so‘rovi hamda ilmiy asoslantirish hujjatlarini tayyorlash ishlari olib borilmoqda. Mazkur tashabbus doirasida O‘zbekistonda ikkita yangi muhofaza etiladigan tabiiy hudud tashkil etish taklif qilinmoqda:
⚖️
Qonuniy asos: mazkur tashabbuslar O‘zbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi Qonuni hamda biologik xilma-xillikni, noyob va yo‘qolib borayotgan hayvonot dunyosi obyektlarini muhofaza qilishga oid qonunchilik talablari asosida amalga oshirilmoqda.
🌱Tabiiy hududlarni muhofaza qilish va noyob qush turlarini asrab-avaylash — biologik xilma-xillikni saqlash, ekologik muvozanatni ta’minlash va kelajak avlod uchun tabiiy boyliklarni asrab qolishning muhim shartidir.