

YANGIBOG‘“ MAHALLASIDA ISHCHI UCHRASHUV O‘TKAZILDI
Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Natalya Voropayeva tomonidan “Yangibog‘” mahallasi xodimlari bilan ishchi uchrashuv o‘tkazildi.
✅Uchrashuv davomida mahalla hududini obodonlashtirish, ko‘chalar va jamoat joylarining sanitariya holatini yaxshilash, mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.
✅Shuningdek, aholini qiynayotgan dolzarb muammolar, mas’ul xizmatlar bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda mahalla organlari va mahalliy hokimiyat vakolatlari doirasidagi masalalarni birgalikda hal etish bo‘yicha fikr almashildi.
📌Uchrashuv yakunida mahalla hududida aholiga qulay shart-sharoitlarni yaratish, obodonlashtirish ishlarini yanada yaxshilash va ijtimoiy-maishiy masalalarni o‘z vaqtida hal etishga qaratilgan kelgusidagi ishlarning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi.
⚖️Mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni, shuningdek, mahalliy Kengashlarning vakolatlari va deputatlik faoliyatiga oid qonunchilik hujjatlari asosida amalga oshirilmoqda.