Barcha yangiliklar
“UCH AVLOD UCHRASHUVI”: MA’NAVIYATI YUKSAK AVLOD — YURT KELAJAGI
Gallery image 276506
Gallery image 276507
ALIYEVA ZILOLA YASHNAROVNA
26 Okt 2026
12:26

“UCH AVLOD UCHRASHUVI”: MA’NAVIYATI YUKSAK AVLOD — YURT KELAJAGI

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Ashrapova Iqbolxon Qutbiddinovna tashabbusi bilan Yunusobod tumani “Mingchinor” mahallasidagi 235-sonli umumta’lim maktabida “Ma’naviyati yuksak avlod — yurt kelajagi” mavzusida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi.

🤝Tadbirda nuroniylar, o‘rta avlod vakillari hamda o‘quvchi-yoshlar ishtirok etib, avlodlar o‘rtasidagi hamjihatlikni mustahkamlash, yoshlarni milliy qadriyatlar, Vatanga sadoqat, yurtparvarlik va ezgu maqsadlar ruhida tarbiyalash masalalari yuzasidan samimiy muloqot olib borildi.

📚Uchrashuv davomida yosh avlodning ta’lim-tarbiyasiga e’tibor qaratish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ilm-fan va kasb-hunarga qiziqishini oshirish borasida fikr va takliflar bildirildi.