Barcha yangiliklar





ALIYEVA ZILOLA YASHNAROVNA
26 Okt 2026
12:24
“BESHQO‘RG‘ON” NIMSTANSIYASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati, tuman hokimi A. Saidaliyev tomonidan “Beshqo‘rg‘on” elektr nimstansiyasida 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan deputatlik nazorati olib borildi.
📚O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 7-avgustdagi O‘RQ-939-son “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi Qonuni talablari doirasida elektr energetikasi obyektlarining barqaror va ishonchli ishlashini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. (LEX.UZ)
🔎O‘rganish davomida nimstansiyada olib borilgan ta’mirlash, yangilash va modernizatsiya ishlari, mavjud elektr tarmoqlari hamda uskunalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi.
✅
Jumladan, 1 va 2-bo‘lim 110/10 kV tarmoqlari, shuningdek, 6 kV va 10 kV taqsimlash qurilmalarini o‘rnatish, kabellash, rele himoyasi tizimlarini sozlash va sinovdan o‘tkazish ishlari yakunlangani o‘rganildi.
⚡️O‘rganish natijalariga ko‘ra, elektr ta’minotining barqarorligini ta’minlash, kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlarning oldini olish hamda aholi va ijtimoiy soha obyektlarini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🇺🇿Deputat A. Saidaliyev mas’ul mutasaddilarga elektr tarmoqlarining barqaror ishlashini doimiy nazorat qilish, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda mavsum davomida elektr ta’minotining uzluksizligini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berdi.