

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
#Deputatlik_nazorati
#162_ta_qonun
#24_ta_masala
🏘 DEPUTATLIK NAZORATI: AHOLI BANDLIGI VA DAROMADLARI E’TIBORDA
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 22-“Bo‘ston” saylov okrugi deputati A. To‘xtashov tomonidan deputatlik faoliyatining ustuvor 24 ta yo‘nalishi doirasida “Oyinli” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
🏡 O‘rganish jarayonida mahalla yettiligi bilan hamkorlikda fuqaro O. Yo‘ldoshovning xonadoniga tashrif buyurilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-sentabrdagi PF–193-son Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar maxsus savolnoma asosida o‘rganildi.
🔎 Jumladan, quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
🔹 Barqaror ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash;
🔹 Aholining doimiy daromad manbalariga ega bo‘lishiga ko‘maklashish;
🔹 Kambag‘al oilalarni kambag‘allikdan chiqarish;
🔹 Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish;
🔹 Kredit, subsidiya va boshqa moliyaviy resurslardan samarali foydalanish;
🔹 Amalga oshirilayotgan loyihalarning natijadorligini ta’minlash.
📋 Tashrif davomida fuqaro O. Yo‘ldoshovning mavjud muammolari, taklif va murojaatlari ham tinglanib, ularni o‘rganish hamda hal etish masalalariga e’tibor qaratildi.
✅ O‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — Farmon ijrosini joylarda tahlil qilish, aholi bandligi va daromadlarini oshirishga qaratilgan ishlar holatini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishiga ko‘maklashishdan iborat.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube