Barcha yangiliklar
Kotib
Gallery image 276486
Gallery image 276487
Gallery image 276488
AZIZOVA GULCHEXRA XAYDAROVNA
27 Okt 2026
12:01

Kotib

#Deputatlik_nazorati #19_1_Modda_ijrosi
#Hamkorlik_faoliyati #24_ta_tavsiyaviy_savol

Bolalar maydonchasini qurish ishlari bilan yaqindan tanishildi

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati Kim Vitaliy Gennadevich “Kamolot” mahallasi hududida bolalar maydonchasini qurish ishlari jarayoni bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida qurilish ishlarining borishi, yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda maydonchaning bolalar uchun xavfsiz va qulay bo‘lishi masalalariga e’tibor qaratildi.

Bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom muhitda ulg‘ayishi uchun zamonaviy hamda xavfsiz o‘yin maydonchalarini barpo etish muhim ahamiyatga ega.

Shuningdek, deputat mutasaddilarga qurilish ishlarini sifatli bajarish, belgilangan talablarga rioya etish va obodonlashtirish ishlarini o‘z vaqtida yakunlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berdi.