Barcha yangiliklar
DEPUTAT SÖROVI QANOATLANTIRILDI
Gallery image 276469
NORBAYEVA GULSHAN XASHIMOVNA
27 Okt 2026
11:55

DEPUTAT SÖROVI QANOATLANTIRILDI

Xalq deputatlari Çilonzor tumani Kengaşi deputati, 5-Çarx Kamolon saylov okrugi deputati Mahmudova Donoxon Artikovna tomonidan saylov okrugi hududida joylaşgan 89-sonli maktabgaça ta’lim taşkilotining mavjud holati örganilib, bolalar maydonçasi va dam oliş hududini ta’mirlaş hamda obodonlaştiriş zarurligi aniqlangan.
➡️https://t.me/chilonzor_tuman_deputatlari/3358

Aniqlangan muammolarni bartaraf etiş maqsadida deputat tomonidan tegişli mas’ul taşkilotlarga deputatlik sörovi yuborilgan.
https://t.me/chilonzor_tuman_deputatlari/3496

Çilonzor tumani hokimligining rasmiy javobiga köra, deputatlik sörovi asosida 89-sonli maktabgaça ta’lim taşkilotida bolalar maydonçasi va dam oliş hududini ta’mirlaş hamda obodonlaştiriş işlari uçun zarur mablağlar ajratilişi belgilangan.

Şuningdek, qöşimça bitta guruh taşkil etiş maqsadida binodagi foydalanilmayotgan xonani moslaştiriş uçun ham mablağ ajratiş nazarda tutilgan.

Mazkur işlar bolalar uçun xavfsiz va qulay muhit yaratiş, ularning oçiq havoda mazmunli vaqt ötkazişi hamda jismoniy rivojlanişi uçun munosib şart-şaroitlarni ta’minlaşga qaratilgan.

Deputat tomonidan olib borilgan örganiş va yuborilgan deputatlik sörovi natijasida maktabgaça ta’lim taşkilotidagi mavjud muammolarni bartaraf etiş uçun mablağ ajratilişi belgilandi.