




Oltiariq tumanida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish masalalari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi
Oltiariq tumanida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish masalalari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi deputati D.Karimov tomonidan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirish berildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-419-son Qonuni 2017-yil 3-yanvarda qabul qilingan bo‘lib, unda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishning asosiy yo‘nalishlari belgilangan. Tushuntirish davomida
korrupsiyaga qarshi kurashishda qonuniylik, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, mansab vakolatlaridan to‘g‘ri foydalanish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda korrupsiyaviy holatlarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, mahalla faoliyatida qonun talablariga qat’iy rioya qilish, fuqarolar bilan ishlashda ochiqlik va adolat tamoyillariga amal qilish muhimligi ta’kidlandi.