





Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi deputati A. Yursunov tomonidan Zarhal MFYda aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish va oilalarning barqaror daromad manbalarini yaratish borasida belgilangan vazifalar ijrosi o‘rganildi.
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi deputati A. Yursunov tomonidan Zarhal MFYda aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish va oilalarning barqaror daromad manbalarini yaratish borasida belgilangan
vazifalar ijrosi o‘rganildi.
O‘rganish davomida ijtimoiy reyestrdagi 2 ta oilaning yashash sharoitini yaxshilash, 18 nafar ishsiz fuqaroni doimiy ish
o‘rinlariga joylashtirish, mahallada 30 ta mikroloyiha tashkil etish orqali kamida 60 ta ish o‘rni yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, uzoq muddat mehnat migratsiyasida bo‘lib turgan 34 nafar fuqaroning oila a’zolari
bilan manzilli ishlash, ularning bandligini ta’minlash va doimiy daromad manbalarini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan mahalla yettiligiga tegishli tavsiyalar
berildi.