Barcha yangiliklar
"Zarhal mahalla fuqarolar yig'ini-jinoyatchilikdan holi hududga aylanadi"
Gallery image 276420
Gallery image 276421
Gallery image 276422
JUMAYEV ADXAMJON AKRAMOVICH
27 Okt 2026
11:38

"Zarhal mahalla fuqarolar yig'ini-jinoyatchilikdan holi hududga aylanadi"

 "Zarhal mahalla fuqarolar yig'ini-jinoyatchilikdan holi hududga aylanadi"


 

Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Yursunov Zarhal MFYda jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish,
havfsiz hududlar ko'lamini kengaytirish maqsadida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi.
Ma'lum bo'lishicha MFY sodir etilgan jinoyatchilik holatlari bo'yicha qizil hudud toifasiga kiritilgan. Jinoyatchilikni oldini olish maqsadida MFY ko'chalariga jami 32 ta kuzatuv kameralari o'rnatilib, MFYning yangi qurib bitkazilgan binosiga integratsiya qilingan. Ushbu loyihani amalga oshirish uchun jami 127 mln. som mablag' mahallaning 10 foizlik tushumidan va mahalla ahlining tashabbuskorligida amalga oshirilgan. Hozirda kuzatuv kameralarini tuman IIBga integratsiya qilish ishlari rejalashtirilmoqda. Mahalla yettiligi bilan bo'lgan suhbatda hududda jinoyatchilikni oldini olish bo'yicha kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi, chora-tadbirlar belgilandi.