Barcha yangiliklar
Kotib
Gallery image 276413
Gallery image 276414
Gallery image 276415
AZIZOVA GULCHEXRA XAYDAROVNA
27 Okt 2026
11:35

Kotib

#Qonun_ijrosi #162_ta_eng_muhim_qonun, #Deputatlik_nazorati #19_1_Modda_ijrosi
#Hamkorlik_faoliyati #24_ta_tavsiyaviy_savol

Kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, O‘zLiDeP a’zosi Ruslan Yerniyazov tomonidan hududlarda kuz-qish mavsumini betalafot va talafotlarsiz o‘tkazish bo‘yicha “Avayxon” mahallasi aholisi va hududida xizmat ko‘rsatuvchi “Avayxon Obod Group” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida ko‘p qavatli uy-joylarning isitish tizimi, elektr va gaz ta’minoti, ichimlik suvi tarmoqlari hamda hududlarning mavsumga tayyorgarlik holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, aholi uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Yakunda deputat tomonidan Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining barqaror ishlashini ta’minlash hamda mas’ul tashkilotlar tomonidan zarur choralarni ko‘rish yuzasidan mutasaddilarga tegishli tavsiyalar berildi.