Barcha yangiliklar
TOŞKENT ŞAHRIDAGI AVTOBUS BEKATLARINING QONIQARSIZ HOLATI VA ELEKTRON TABLOLAR FAOLIYATI YUZASIDAN MASALA KÖTARILDI
Gallery image 276407
YUSUBOV MUZAFFAR ALIMBAYEVICH
27 Okt 2026
11:35

TOŞKENT ŞAHRIDAGI AVTOBUS BEKATLARINING QONIQARSIZ HOLATI VA ELEKTRON TABLOLAR FAOLIYATI YUZASIDAN MASALA KÖTARILDI

#SAVOL_JAVOB #sessiya #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️TOŞKENT ŞAHRIDAGI AVTOBUS BEKATLARINING QONIQARSIZ HOLATI VA ELEKTRON TABLOLAR FAOLIYATI YUZASIDAN MASALA KÖTARILDI

🏛 Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşining navbatdagi yigirma sakkizinçi sessiyasida poytaxt jamoat transporti infratuzilmasini takomillaştiriş, avtobus bekatlarida yölovçilar uçun qulay şaroitlar yaratiş hamda mavjud kamçiliklarni bartaraf etiş masalalari muhokama qilindi.

🗣 SAVOL: Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşi deputati Suhrob Saifnazarov tomonidan hududlarda olib borilgan örganişlar davomida ayrim avtobus bekatlarining holati talab darajasida emasligi aniqlangani ma’lum qilindi.

🔺 Xususan, ayrim bekatlarda soyabon va yölovçilar uçun örindiqlar mavjud emasligi, şuningdek, elektron axborot tablolarining işlamayotgani qayd etildi.

📋 Deputat mazkur kamçiliklar jamoat transportidan foydalanuvçi fuqarolar uçun noqulaylik tuğdirayotganini ta’kidlab, bekatlarni zarur infratuzilma bilan ta’minlaş, eskirgan jihozlarni yangilaş hamda elektron tablolar faoliyatini tiklaş yuzasidan tezkor çoralar köriş zarurligini bildirdi.

🗣️ JAVOB: Toşkent şahar hokimining örinbosari Abdurahmon Baxtiyev deputat tomonidan kötarilgan masalalar yuzasidan tegişli işlar olib borilayotganini ma’lum qildi.

♻️ Mas’ul rahbarning bildirişiça, ayrim bekatlarda soyabon va örindiqlarning mavjud emasligi eskirgan bekat infratuzilmasini yangilaş işlari bilan boğliq bölib, hozirda ularni almaştiriş çoralari körilmoqda.

📁 Şuningdek, işlamayotgan elektron axborot tablolarining holati alohida örganilişi hamda aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş yuzasidan tegişli çoralar körilişi ta’kidlandi.

💡 Sessiyada kötarilgan mazkur masala jamoat transportidan foydalaniş qulayligini oşiriş, yölovçilar uçun zarur şaroitlar yaratiş va poytaxt transport infratuzilmasini yaxşilaş nuqtayi nazaridan muhim ahamiyatga ega.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash