Barcha yangiliklar
MIROBOD TUMANIDA TA’LIM MUASSASALARI ATROFIDAGI TRANSPORT TIRBANDLIKLARINI KAMAYTIRIŞ YUZASIDAN SAVOL YÖLLANDI
Gallery image 276370
YUSUBOV MUZAFFAR ALIMBAYEVICH
27 Okt 2026
11:02

MIROBOD TUMANIDA TA’LIM MUASSASALARI ATROFIDAGI TRANSPORT TIRBANDLIKLARINI KAMAYTIRIŞ YUZASIDAN SAVOL YÖLLANDI

#SAVOL_JAVOB #sessiya #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️MIROBOD TUMANIDA TA’LIM MUASSASALARI ATROFIDAGI TRANSPORT TIRBANDLIKLARINI KAMAYTIRIŞ YUZASIDAN SAVOL YÖLLANDI

🏛 Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşining navbatdagi yigirma sakkizinçi sessiyasida poytaxtdagi transport tirbandliklarini kamaytiriş, jamoat transportidan foydalanişni kengaytiriş hamda ta’lim muassasalari atrofida transport harakatini tartibga soliş masalalari muhokama qilindi.

🗣 SAVOL: Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşi deputati Toşpölat Matiboyev Mirobod tumanida joylaşgan Toşkent davlat transport universiteti hamda uning atrofidagi maktab va maktabgaça ta’lim taşkilotlari oldida muntazam ravişda transport tirbandliklari yuzaga kelayotganiga e’tibor qaratdi.

🔺 Deputat uşbu hududda transport vositalarining köpligi fuqarolar, ota-onalar va ta’lim muassasalariga qatnovçi yoşlar uçun noqulayliklar tuğdirayotganini ta’kidlab, mavjud tirbandliklarni kamaytiriş hamda transport harakatini tartibga soliş böyiça qanday yeçimlar işlab çiqilayotgani yuzasidan savol yölladi.

🗣️ JAVOB: Toşkent şahar hokimining örinbosari Abdurahmon Baxtiyev mazkur hududda transport tirbandliklarining yuzaga kelişiga talabalarning şaxsiy avtomobillarida ta’lim muassasasiga kelişi ham sabab bölayotganini bildirdi.

📋 Mas’ul rahbarning ma’lum qilişiça, uşbu masala yuzasidan universitet rahbariyati bilan tegişli işlar olib borilib, talabalar örtasida şaxsiy avtomobillardan köra jamoat transportidan foydalanişni keng tarğib qilişga e’tibor qaratilgan. Şuningdek, talabalarni jamoat transportidan foydalanişga jalb etiş orqali universitet atrofidagi avtomobillar oqimini kamaytiriş masalasi muhim ekani qayd etildi.

♻️ Sessiyada kötarilgan uşbu masala ta’lim muassasalari atrofida transport harakatini tartibga soliş, tirbandliklarni kamaytiriş va fuqarolar uçun qulay harakatlaniş şaroitlarini yaratiş nuqtayi nazaridan dolzarb ahamiyat kasb etadi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash