Barcha yangiliklar
#BuloqboshiKengashi #DeputatFaoliyati #Baynalminal #IjtimoiyHimoya
Gallery image 276357
Gallery image 276358
SHAMSIDDINOV SHOHBOZBEK SHAVKATBEK O‘G‘LI
27 Okt 2026
10:31

#BuloqboshiKengashi #DeputatFaoliyati #Baynalminal #IjtimoiyHimoya

Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashi 16-Baynalminal saylov okrugi deputati T.Abdiyeva Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i o‘rinbosari S. Isayev hamda Sharq Yulduzi oilaviy shifokorlik punkti (OSHP) mudiri D. Jabborov bilan birgalikda hududdagi ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar xonadonlariga tashrif buyurdi.
🟢 Tashrif davomida fuqarolar bilan samimiy suhbatlar o‘tkazilib, ularning yashash sharoitlari, mavjud muammolari va ehtiyojlari o‘rganildi. Shuningdek, oilalarning salomatligi, tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari hamda zarur tibbiy yordam ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🤝 Asosiy maqsad — ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yordam ko‘rsatishdan iborat.

| Web.sayt | Telegram | Facebook | Youtube| Instagram |