

Мүнәсибет
Davlat tilimizning yozuv tizimini yanada rivojlantiriş, uni talim, davlat boşqaruvi va raqamli texnologiyalar talablariga moslatiriş — bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir. Alifbodagi murakkab va apostrof bilan boğliq yozuv şakllarini aniq, ixçam va mustaqil harflar bilan ifodalaş öquvçilar, talabalar va aholi uçun yoziş va öqiş jarayonini sezilarli darajada engillaştiradi.
Zamonaviy raqamli muhitda klaviatura, qidiruv tizimlari, dasturiy taminot va malumot almaşinişda özbek tilidan qulay foydalaniş alohida ahamiyat kasb etadi. Yangi alifbo tizimi ana şu imkoniyatlarni kengaytirib, özbek tilining raqamli kelajakdagi örnini mustahkamlaydi.
Sodda, mantiqiy va oson özlaştiriladigan alifbo talim sifatini oşiriş, yoşlar savodxonligini yaxşilaş va barça uçun teng talim imkoniyatlarini yaratişga töğridan-töğri xizmat qiladi. Bu, şuningdek, partiyamizning talim va manaviy taraqqiyotga bölgan yondaşuvi bilan ham betakror uyğunlikda keladi.
Alifboni takomillaştiriş şunçaki harflarning şaklini özgartiriş emas, balki milliy özligimizni mustahkamlaş, davlat tili nufuzini oşiriş va yoşlarimizni zamonaviy bilimlarga yönaltiriş yölidagi muhim strategik qadamdir.
Men uşbu islohotning Çimboy tumanida keng tuşuntirilişi, aholi va yoşlar orasida tarğib qilinişi, şuningdek, bosqiçma-bosqiç amaliyotga joriy etilişida faol iştirok etişni özimning muhim vazifam deb bilaman.
Özbek tilimiz — milliy ğururimiz, davlatimizning boğlovçi kuçi va kelajak avlodimizning manaviy merosidir. Uning yozuv tizimini takomillaştiriş orqali biz kelajakka mustahkam qadam taşlaymiz.
Dastenbay Ajimuratov,
Xalq deputatlari Çimboy tuman Kengaşidagi ÖzXDP deputatlik guruhi azosi