Barcha yangiliklar
🔰“Yashil jamoat parki” va kuzgi ko‘kalamzorlashtirish dasturi — doimiy komissiya muhokamasida
Gallery image 276305
Gallery image 276306
Gallery image 276307
Gallery image 276308
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
27 Okt 2026
09:48

🔰“Yashil jamoat parki” va kuzgi ko‘kalamzorlashtirish dasturi — doimiy komissiya muhokamasida

🔰“Yashil jamoat parki” va kuzgi ko‘kalamzorlashtirish dasturi — doimiy komissiya muhokamasida

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda tumanda ekologik muhitni yaxshilash, yashil hududlarni kengaytirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tizimli tashkil etishga qaratilgan masalalar keng muhokama qilindi.
🔹Xususan, “Yashil bog‘” loyihasini “Yashil jamoat parki” sifatida tashkil etish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 23-sentabrdagi PF-206-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Jondor tumanining 2026-yil kuzgi mavsumi uchun “Yashil dasturi”ni tasdiqlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔹Muhokamalar davomida yashil hududlarni ko‘paytirish, daraxt va ko‘chatlarni ekish ishlarini puxta rejalashtirish, ularni parvarishlash hamda ekilgan ko‘chatlarning yashovchanligini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi. Shuningdek, yashil jamoat parkini tashkil etishda hududning obodonchiligi, aholining dam olishi uchun qulay sharoitlar yaratish va ekologik barqarorlikni ta’minlash masalalari ham muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.
🔹Doimiy komissiya faoliyatida mazkur tashabbuslarning ijrosini ta’minlash, belgilangan vazifalar bajarilishi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda tumanda ekologik muhitni yaxshilashga qaratilgan ishlarning samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratiladi.
🔹Zero, yashil hududlarni kengaytirish — nafaqat bugungi kun, balki kelajak avlodlar salomatligi va farovonligi uchun ham muhim qadamlardan biridir.

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt