Barcha yangiliklar
🔹Milliy kino — milliy o‘zligimiz ko‘zgusi
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
26 Okt 2026
00:00

🔹Milliy kino — milliy o‘zligimiz ko‘zgusi

🔰#munosabat

🔹Milliy kino — milliy o‘zligimiz ko‘zgusi

🌏Prezidentimizning «O‘zbekfilm» kinostudiyasida kinoijodkorlar bilan uchrashuvi milliy kino san’atini rivojlantirish va ijod ahlini qo‘llab-quvvatlash yo‘lida muhim qadamdir.
🌏Deputat sifatida ta’kidlamoqchimanki, milliy kino — bu shunchaki san’at emas, balki xalqimizning tarixi, ma’naviyati va milliy g‘ururidir. «O‘tgan kunlar», «Shum bola», «Suyunchi» kabi filmlar avlodlarni tarbiyalab, qalbimizda milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini mustahkamlab kelmoqda.
🌏Bugun yoshlarimizga vatanparvarlik, halollik va ezgulikni targ‘ib etuvchi, zamon ruhini aks ettiradigan sifatli filmlar kerak. Buning uchun ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash, yosh iste’dodlarga yo‘l ochish va milliy kinoning badiiy saviyasini yuksaltirish zarur.
🌏Zero, yaxshi film nafaqat tomoshabinni o‘ylantiradi, balki uni tarbiyalaydi, qalbida Vatanga muhabbat va milliy g‘ururni uyg‘otadi. Milliy kinoni rivojlantirish — milliy o‘zligimiz va kelajak avlod ma’naviyatini asrash demakdir.

Behzod Dilliyev,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati,

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt