Barcha yangiliklar
DEPUTATNING SAYLOVChILAR BILAN UChRAShUVI
Gallery image 34129
Gallery image 34130
Gallery image 34131
Gallery image 34132
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
05 Apr 2025
14:44

DEPUTATNING SAYLOVChILAR BILAN UChRAShUVI

 Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati X.Xo‘jaqulov va mahalla yettiligi hamkorligida Oltinsoy tumanidagi “Ekraz” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.  

Uchrashuv davomida mahalla fuqarolari tomonidan ko‘tarilgan muammolar ichki ko‘chalarni asfaltlash, katta yo‘l chetlarida piyodalar harakatlanishi uchun maxsus yo‘laklar barpo etish, beton ustun va yopiq kabellar o‘rnatish kabi masalalar muhokama qilindi.  

Deputat tomonidan uchrashuvdagi mahalla fuqarolari tomonidan ko‘tarilgan muammolarni bartaraf etish choralari ko‘rildi hamda tegishli korxona va tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborishga kelishib olindi. 

  Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati 

✅ Kanalga ulanish uchun: https://t.me/OltinsoyKengashkotibiyati