Barcha yangiliklar
🔰Tomorqa xo‘jaligi va imtiyozli kreditlar – deputatlar e’tiborida
Gallery image 276289
Gallery image 276290
Gallery image 276291
Gallery image 276292
Gallery image 276293
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
26 Okt 2026
00:00

🔰Tomorqa xo‘jaligi va imtiyozli kreditlar – deputatlar e’tiborida

🔰Tomorqa xo‘jaligi va imtiyozli kreditlar – deputatlar e’tiborida

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati G. Jabborova, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R. Murodov hamda O‘zbekiston XDP Jondor tumani Kengashi raisi B. Enazarov hamkorligida “Xumdonak” mahallasida saylovchilar xonadonlariga tashrif buyurildi.
♦️O‘rganishlar davomida fuqarolar tomonidan tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, oilaviy daromadni oshirishga qaratilgan ishlar hamda ajratilgan imtiyozli kredit mablag‘larining maqsadli sarflanishi holatlari ko‘zdan kechirildi.
♦️Shuningdek, aholining bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va tomorqadan unumli foydalanish orqali daromad manbalarini kengaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.
♦️O‘rganish jarayonida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berilib, imtiyozli kredit mablag‘laridan samarali foydalanish hamda aholi farovonligini oshirish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.
👉O‘rganishlar davom etmoqda...

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt