Barcha yangiliklar
🔰Ijtimoiy himoya va xizmatlar sifati – deputatlar e’tiborida
Gallery image 276278
Gallery image 276279
Gallery image 276280
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
26 Okt 2026
00:00

🔰Ijtimoiy himoya va xizmatlar sifati – deputatlar e’tiborida

🔰Ijtimoiy himoya va xizmatlar sifati – deputatlar e’tiborida

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati G. Jabborova, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R. Murodov hamda O‘zbekiston XDP Jondor tumani Kengashi raisi B. Enazarov hamkorligida “Xumdonak” mahallasida aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar holati o‘rganildi.
♻️O‘rganish davomida ijtimoiy xodim faoliyati, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash jarayonlariga e’tibor qaratildi.
♻️Shuningdek, mahalladagi 4 nafar I guruh va 35 nafar II guruh nogironligi bo‘lgan shaxsga belgilangan tartibda 131 turdagi ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlash masalasi alohida ko‘rib chiqildi.
♻️Asosiy maqsad — ijtimoiy yordamning manzilliligini ta’minlash, ehtiyojmand fuqarolarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash hamda ularga sifatli xizmat ko‘rsatilishi ustidan jamoatchilik va deputatlik nazoratini kuchaytirish.
👉O‘rganishlar davom etmoqda...

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengaşining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt