




🚨 Jinoyatchilikning oldini olish – deputatlar nazoratida
🚨 Jinoyatchilikning oldini olish – deputatlar nazoratida
🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati G. Jabborova, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R. Murodov hamda O‘zbekiston XDP Jondor tumani Kengashi raisi B. Enazarov hamkorligida “Xumdonak” mahallasida jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
✔️O‘rganish davomida mahallada jamoat xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish hamda fuqarolar osoyishtaligini mustahkamlash masalalariga e’tibor qaratildi.
✔️Mavjud vaziyatni tahlil qilish natijasida mahallada kuzatuv tizimini kuchaytirish maqsadida 8 dona aqlli kamera o‘rnatish zarurati aniqlandi.
✔️Mazkur taklif mahallada xavfsiz muhitni mustahkamlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va jamoat tartibini ta’minlashga xizmat qiladi. Ushbu masalaning hal etilishi yuzasidan tegishli ishlar deputatlik nazoratida bo‘ladi.
👉O‘rganishlar davom etmoqda...
🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengaşining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt