Barcha yangiliklar
Deputat saylovchilarga axborot berdi
Gallery image 34113
Gallery image 34114
Gallery image 34115
Gallery image 34116
SHAROPOV AVAZBEK AXMADJON O‘G‘LI
05 Apr 2025
14:26

Deputat saylovchilarga axborot berdi

Deputat saylovchilarga axbarot berdi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputatlari shu kunlarda o‘z saylov okruglarida bo‘lib, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida amalga oshirgan ishlar yuzasidan saylovchilarga axbarot bermoqdalar.

Xususan, Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi 04-Farhod saylov okrugidan saylangan deputat Akrom Bo‘tayev "Farhod" va "Navro‘z" mahallalari aholisi vakillari ishtirokida "Farhod mahallasida joylashgan Madaniyat binosida o‘z saylovchilari oldida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berib o‘tdi. 

💬 Deputat tomonidan aytib o‘tildi:

▪️Kelgusida amalga oshiriladigan ishlar, jumladan, yangi loyihalar, ishsiz yoshlarni bandligini ta'minlash, mahalla infratuzilmasini yaxshilash,  aholi bilan bevosita muloqot qilish, ularning fikrlarini tinglash va muammolarini hal etish;

▪️Deputatning saylovchilar bilan uchrashuvlari orqali muammolarni aniqlash va ularni birgalikda hal qilish yo‘llari belgilandi.

Uchrashuvlar davom etmoqda.

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati