Barcha yangiliklar
Imtiyozli kreditlar samaradorligi va kambag‘allikni qisqartirish ishlari — deputatlik nazoratida
Gallery image 276235
Gallery image 276236
Gallery image 276237
Gallery image 276238
Gallery image 276239
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
23 Okt 2026
00:00

Imtiyozli kreditlar samaradorligi va kambag‘allikni qisqartirish ishlari — deputatlik nazoratida

Imtiyozli kreditlar samaradorligi va kambag‘allikni qisqartirish ishlari — deputatlik nazoratida

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi J. Norov Xumdonak mahallasida bo‘lib, hokim yordamchisi tavsiyasi asosida ajratilgan imtiyozli kredit mablag‘larining maqsadli sarflanishi va kambag‘al oilalar bilan olib borilgan ishlarning haqiqiy holatini o‘rgandilar.

➡️O‘rganish davomida kredit mablag‘laridan foydalanish holati, ularning aholi bandligini ta’minlash, oilalar daromadini oshirish hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishdagi samaradorligiga e’tibor qaratildi. Shuningdek, kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilgan amaliy ishlarning natijalari va aholiga yaratilgan imkoniyatlar tahlil qilindi.

➡️Asosiy e’tibor ajratilgan mablag‘larning belgilangan maqsadlarga yo‘naltirilgani, ko‘rsatilgan yordamning haqiqiy natijalari va fuqarolar turmush sharoitiga ta’sirini aniqlashga qaratildi.

➡️Deputatlik nazorati doirasidagi bunday o‘rganishlar imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish, davlat tomonidan berilayotgan ko‘makning manzilliligini ta’minlash va kambag‘al oilalarni barqaror daromad manbaiga ega qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt