
🌍 Iqlim o‘zgarishi — bugunning emas, kelajakning ham dolzarb masalasi
🔰#munosabat
🌍 Iqlim o‘zgarishi — bugunning emas, kelajakning ham dolzarb masalasi
🌱Yer yuzida global haroratning sanoatlashuvgacha bo‘lgan davrga nisbatan 1,5 °C dan ortiq oshish xavfi insoniyat oldidagi eng jiddiy ekologik muammolardan biridir. Bu shunchaki raqam emas, balki tabiat muvozanati, suv resurslari, qishloq xo‘jaligi va aholi salomatligiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi omildir.
🌱Deputat sifatida menimcha, ekologik mas’uliyat har birimizning kundalik vazifamizga aylanishi kerak. Suv va elektr energiyasini tejash, daraxtlarni asrash, yashil hududlarni kengaytirish, chiqindilarni to‘g‘ri boshqarish hamda ekologik toza texnologiyalarni joriy etish orqali iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlarini kamaytirishga hissa qo‘sha olamiz.
🌱Ayniqsa, qishloq xo‘jaligi muhim o‘rin tutadigan hududlarda suvdan oqilona foydalanish, yer unumdorligini saqlash va yashil maydonlarni ko‘paytirish dolzarb ahamiyatga ega.
🌱Deputatlik nazorati doirasida ham ekologik muammolarni bartaraf etish, hududlarda obodonlashtirish ishlarini kuchaytirish va tabiiy resurslardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratish zarur.
🌱Tabiatni asrash — kelajak avlod oldidagi mas’uliyatimiz. Bugun tashlangan har bir ezgu qadam ertangi kunimiz uchun muhim sarmoyadir!
Mavluda Xidirova,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati,
🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt