Barcha yangiliklar
🏦Ichki yo‘llar holati – deputatlik nazoratida
Gallery image 276216
Gallery image 276217
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
23 Okt 2026
00:00

🏦Ichki yo‘llar holati – deputatlik nazoratida

🏦Ichki yo‘llar holati – deputatlik nazoratida

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati G. Jabborova tomonidan fuqarolar uchun qulay sharoit yaratish, mahallalarda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
✔️Xususan, “Xumdonak” mahallasining Jo‘y zar qishlog‘idagi ichki yo‘llarning 1 000 metr qismini shag‘allashtirish masalasi yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosari, “Obodonlashtirish” boshqarmasi boshlig‘i X. Bafoyevga deputatlik so‘rovi yuborildi.
✔️Mazkur tashabbus qishloq aholisining kundalik harakatlanishida qulaylik yaratish, transport qatnovini yaxshilash hamda yo‘llarning holatini yaxshilashga qaratilgan.
✔️Deputatlik so‘rovi orqali ushbu masalaning qonuniy tartibda ko‘rib chiqilishi, mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib, amaliy choralar belgilanishi ko‘zda tutilgan.
✔️Aholi murojaatlari va hududdagi mavjud muammolarni hal etish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Masalaning ijrosi deputatlik nazoratida bo‘ladi.

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt