Barcha yangiliklar
🛣DEMUN QISHLOG‘I YO‘LI — DEPUTAT E’TIBORIDA
Gallery image 276214
Gallery image 276215
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
23 Okt 2026
00:00

🛣DEMUN QISHLOG‘I YO‘LI — DEPUTAT E’TIBORIDA

🛣DEMUN QISHLOG‘I YO‘LI — DEPUTAT E’TIBORIDA

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati G. Jabborova tomonidan “Shurobod” mahallasi Demun qishlog‘idan o‘tuvchi mahalliy ahamiyatga ega avtomobil yo‘lini ta’mirlash masalasi yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi.
⚡️Deputat so‘rovni tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi rahbari M. Hamroyev nomiga yo‘llab, yo‘lning holatini yaxshilash hamda aholining xavfsiz va qulay harakatlanishi uchun zarur choralar ko‘rish masalasini ko‘tardi.
➡️Mazkur murojaatda O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 5-avgustdagi O‘RQ-1162-sonli “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini tumanda ta’minlash talabi ham ilgari surildi. Ushbu Qonun avtomobil yo‘llarini rivojlantirish, ulardan foydalanish va yo‘l faoliyatiga oid munosabatlarni tartibga soladi.
➡️Yo‘llarning soz holatda bo‘lishi aholining kundalik qatnovi, transport harakati xavfsizligi hamda qishloqlar infratuzilmasini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Shu bois Demun qishlog‘idagi yo‘l muammosini o‘z vaqtida hal etish fuqarolar manfaatlariga xizmat qiladi.
➡️Deputatlik so‘rovidan ko‘zlangan asosiy maqsad — mavjud muammoga amaliy yechim topish, qonun ijrosini ta’minlash va aholi uchun qulay yo‘l sharoitlarini yaratishdan iborat.
➡️Deputatlik nazorati — aholi manfaatlari yo‘lida davom etadi!

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt