


🔽Ayollar ijtimoiy yotoqxonasi sharoitlarini yaxshilash — deputat nazoratida
🔽Ayollar ijtimoiy yotoqxonasi sharoitlarini yaxshilash — deputat nazoratida
🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati N. Fatullayeva “Qalmoq” mahallasida joylashgan Ayollar ijtimoiy yotoqxonasining yashash sharoitlarini yaxshilash masalasini deputatlik nazoratiga oldi.
🔺O‘rganishlar davomida ijtimoiy yotoqxonani joriy ta’mirlash, unda istiqomat qilayotgan xotin-qizlar uchun qulay va munosib yashash sharoitlarini yaratish maqsadida qo‘shimcha mablag‘ ajratish zarurati yuzasidan masala ko‘tarildi.
🔺Mazkur masalaning qonuniy tartibda ko‘rib chiqilishi va amaliy yechim topilishiga ko‘maklashish maqsadida deputat N. Fatullayeva tuman hokimining birinchi o‘rinbosari, tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i U. Fayzullayevga deputatlik so‘rovi yubordi.
🔺Deputatning ta’kidlashicha, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning xavfsizligi va munosib yashash sharoitlarini ta’minlash muhim vazifalardan biridir. Shu bois yotoqxonani ta’mirlash uchun zarur mablag‘ ajratish masalasini atroflicha ko‘rib chiqish va imkoniyat doirasida amaliy choralar belgilash lozim.
🔺Deputatlik so‘rovi ijrosi va ko‘tarilgan masalaning amaliy yechimi deputatlik nazoratida bo‘ladi.
🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt