Barcha yangiliklar
🔰Yoshlar bandligi va tashabbuslar samaradorligi — deputatlik nazoratida
Gallery image 276210
Gallery image 276211
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
23 Okt 2026
00:00

🔰Yoshlar bandligi va tashabbuslar samaradorligi — deputatlik nazoratida

🔰Yoshlar bandligi va tashabbuslar samaradorligi — deputatlik nazoratida

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov “Xumdonak” mahallasida yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi hamda yoshlar bandligini ta’minlash borasidagi faoliyatni o‘rgandi.

✔️O‘rganish davomida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, ish bilan ta’minlash va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga e’tibor qaratildi. Shuningdek, yoshlar muammolarini aniqlash va ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

✔️Deputat yoshlar bilan ishlashda har bir yigit-qizning qiziqishi va imkoniyatlarini inobatga olish, ishsiz yoshlar bilan manzilli ishlash hamda ularni daromadli mehnatga jalb etish muhimligini ta’kidladi.

✔️Deputatlik nazorati doirasida yoshlar bandligini ta’minlash, ularning muammolariga amaliy yechim topish va mahallada yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar samaradorligini oshirish masalalari e’tiborda bo‘ladi.

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt