

Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala ko‘rib chiqildi
Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi D. Umurzaqov tomonidan komissiya faoliyati doirasida navbatdagi masala ko‘rib chiqildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga Furqat tumanida 2026-yilda jamoatchilik fikri asosida “Ochiq budjet” axborot portali orqali “Mening bog‘im” loyihalarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
Tanishuv jarayonida loyihalarni shakllantirish, jamoatchilik tashabbuslarini ilgari surish, hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirishga qaratilgan takliflarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, fuqarolarning tashabbuslari orqali yashil hududlarni kengaytirish, bog‘lar barpo etish hamda atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan loyihalarning ahamiyati tushuntirildi.
D. Umurzaqov tomonidan ushbu yo‘nalishda aholining faolligini oshirish, jamoatchilik fikrini inobatga olish va hududlarning ekologik holatini yaxshilashga xizmat qiladigan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash muhimligi ta’kidlandi.
“ Mening bog‘im” loyihasi doirasidagi tashabbuslar aholi uchun qulay yashil hududlarni yaratish, ekologik madaniyatni yuksaltirish va tuman obodonligiga hissa qo‘shishga xizmat qiladi.