Barcha yangiliklar
DEPUTATLIK ODOB-AXLOQ QOIDALARIGA RIOYA ETISH — MUHIM VAZIFA
RUZMETOV UMRBEK SHAVKATOVICH
27 Okt 2026
08:55

DEPUTATLIK ODOB-AXLOQ QOIDALARIGA RIOYA ETISH — MUHIM VAZIFA

Xalq deputatlari tuman Kengashida yig‘ilish o‘tkazildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri I. Masharipov doimiy komissiyalar raislari ishtirokida deputatlik odob-axloq qoidalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.
🔹 Odob-axloq me’yorlari — deputatlarning muomala madaniyati, mas’uliyati va xizmat faoliyatidagi xulq-atvori muhokama qilindi.
🔹 Deputatlik mas’uliyati — fuqarolar manfaatlarini himoya qilish, murojaatlarga e’tiborli bo‘lish va aholi bilan samarali muloqot olib borish masalalariga to‘xtalib o‘tildi.
🔹 Asosiy maqsad — deputatlarning kasbiy madaniyati va mas’uliyatini oshirish, xalq ishonchini mustahkamlash hamda deputatlik faoliyatida odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash.