Barcha yangiliklar

RUZMETOV UMRBEK SHAVKATOVICH
27 Okt 2026
08:54
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri I. Masharipov hamda tuman hokimi o‘rinbosari I. Jumabayev tomonidan tumandagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
🔹 Isitish tizimlari va muhandislik tarmoqlarining holati ko‘zdan kechirildi.
🔹 Binolarning mavsumga tayyorgarligi hamda bolalar uchun yaratilgan sharoitlar baholandi.
🔹 Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
Maqsad — qish mavsumida bolalar uchun issiq, xavfsiz va qulay sharoit yaratish.