Barcha yangiliklar





SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
27 Okt 2026
08:45
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
#Yoshlar_maslahat_guruhi
#Oylik_Ish_reja_ijrosi
#24_ta_masala
🏛 MAHALLADA NARX-NAVO VA ISTE’MOL MAHSULOTLARI MAVJUDLIGI O‘RGANILDI
📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi, 22-Bo‘ston saylov okrugi deputati A.To‘xtashov tomonidan deputatlik faoliyatining ustuvor 24 ta yo‘nalishi doirasida “Oyinli” mahallasida joylashgan savdo do‘konida narx-navo holati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida aholi tomonidan kundalik ehtiyoj uchun xarid qilinadigan oziq-ovqat va boshqa zarur iste’mol mahsulotlarining narxlari, mahsulotlarning mavjudligi hamda aholining talab va ehtiyojlariga mos ravishda savdo jarayonining tashkil etilishi ko‘zdan kechirildi.
🛒 Shuningdek, iste’mol tovarlari narxlarining barqarorligi, mahsulotlar ta’minoti va xaridorlar uchun qulay sharoitlar yaratilganligiga e’tibor qaratildi.
🤝 Mazkur o‘rganishdan asosiy maqsad — aholini zarur iste’mol mahsulotlari bilan ta’minlash holatini nazorat qilish, narxlar barqarorligini ta’minlashga ko‘maklashish hamda fuqarolar manfaatlarini himoya qilishdan iborat.
✅ Deputatlik faoliyati doirasida aholi turmush farovonligini oshirish, fuqarolarni qiynayotgan masalalarni o‘rganish va ularning yechimiga ko‘maklashish borasidagi ishlar davom ettiriladi.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube