







22-OILAVIY POLIKLINIKADA QONUN IJROSI VA BEPUL DORI VOSITALARI TA’MINOTI ÖRGANILDI
#162_ta_eng_muhim_qonun
22-OILAVIY POLIKLINIKADA QONUN IJROSI VA BEPUL DORI VOSITALARI TA’MINOTI ÖRGANILDI
🇺🇿 Xalq deputatlari Uçtepa tumani Kengaşining "5-Ötkir" saylov okrugi deputati Ibrohimjon Abdullayev tomonidan tumandagi 22-oilaviy poliklinikada qonunçilik ijrosi, aholiga bepul beriladigan dori vositalari ta’minoti hamda reimbursatsiya dasturining amalga oşirilişi deputatlik nazorati tartibida örganildi.
🗂 Örganiş davomida Özbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustdagi 265-I-sonli “Fuqarolar soğliğini saqlaş töğrisida”gi Qonuni ijrosiga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, fuqarolarning tibbiy yordam oliş huquqi, tibbiy aralaşuvga rozilik beriş va undan voz keçiş bilan boğliq qonun talablariga rioya etilişi masalalari körib çiqildi.
💊 Şuningdek, poliklinikada bemorlarga belgilangan tartibda bepul berilişi lozim bölgan dori vositalarining ta’minoti, ularning mavjudligi, bemorlarga yetkazilişi hamda reimbursatsiya dasturi doirasida dori vositalarini elektron retsept asosida oliş jarayoni örganildi. Dori-darmonlar ta’minotida qonuniylik, şaffoflik va fuqarolarning huquqlariga rioya etilişi muhimligi ta’kidlandi.
📋 Örganiş jarayonida, şuningdek, DMED elektron tizimida ma’lumotlarning töğri yuritilişi va bemorlarga körsatilayotgan tibbiy xizmatlar bilan boğliq ma’lumotlarning elektron tizimda aks ettirilişi holatiga e’tibor qaratildi.
📈 Mazkur örganişdan maqsad — soğliqni saqlaş sohasidagi qonunçilik ijrosini ta’minlaş, aholining bepul dori vositalaridan foydalaniş huquqlarini himoya qiliş hamda reimbursatsiya dasturi ijrosi ustidan deputatlik nazoratini kuçaytirişdan iborat.