





116-SONLI MAKTABDA INKLYUZIV TA’LIM UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
#ekspert_guruhlari #deputatlik_nazorati_Uchtepa
116-SONLI MAKTABDA INKLYUZIV TA’LIM UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
📁 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining 2026-yil 20-iyuldagi III-31-62-14-202-K/26-sonli qarori ijrosi doirasida tumandagi 116-sonli umumta’lim maktabida nogironligi bo‘lgan bolalar uchun yaratilgan sharoitlar deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
💼 O‘rganish ishlari Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "5-O‘tkir" saylov okrugi deputati Ibrohimjon Abdullayev tomonidan Kengash kotibiyati mudiri Anvar Usmanov hamda ekspert guruhi a'zosi Alisher Giyasov hamrohligida olib borildi.
⚠️ O‘rganish davomida maktabda inklyuziv ta’lim uchun ajratilgan o‘quv xonalari, ularning moddiy-texnik jihozlanishi hamda yo‘laklarda o‘rnatilgan harakatlanishga ko‘maklashuvchi tutqichlarning holati ko‘zdan kechirildi. Jarayonda ayrim yo‘laklardagi tutqichlar belgilangan talablarga muvofiq o‘rnatilmagani, shuningdek, inklyuziv ta’lim uchun ajratilgan o‘quv xonalariga zarur jihozlar to‘liq yetkazib berilmagani aniqlandi.
📝 Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, harakatlanishga ko‘maklashuvchi tutqichlarni belgilangan talablarga muvofiq o‘rnatish hamda o‘quv xonalari uchun zarur jihozlarni to‘liq yetkazib berish ishlarini jadallashtirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.
📈 Inklyuziv ta’lim uchun yaratilgan sharoitlarni yaxshilash, nogironligi bo‘lgan bolalarning ta’lim olish huquqini ta’minlash hamda maktabda xavfsiz va qulay muhit yaratish masalalari deputatlik nazoratida saqlanadi.