

TOSHKENT SHAHRIDA KOMMUNAL XIZMATLAR SIFATI, LABORATORIYALAR HOLATI VA BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYALARI FAOLIYATI YUZASIDAN MUAMMOLAR KO‘TARILDI
#SAVOL_JAVOB #sessiya #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati
❗️TOSHKENT SHAHRIDA KOMMUNAL XIZMATLAR SIFATI, LABORATORIYALAR HOLATI VA BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYALARI FAOLIYATI YUZASIDAN MUAMMOLAR KO‘TARILDI
🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi yigirma sakkizinchi sessiyasida poytaxt aholisiga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar sifatini oshirish, mavjud infratuzilmani modernizatsiya qilish hamda sohada aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.
🗣 SAVOL: Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sevara Fayziyeva tomonidan sessiya oldidan tegishli doimiy komissiya a’zolari ishtirokida o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida kommunal xizmatlar tizimida uchta muhim muammo aniqlangani ma’lum qilindi.
🔺 Xususan, 12 ta laboratoriyaning qoniqarsiz holatda ekani va ularning faoliyatini yaxshilash uchun qo‘shimcha mablag‘lar zarurligi, hududiy gaz ta’minoti tashkilotlarining texnika va laboratoriyalari talab darajasida emasligi, shuningdek, aholining boshqaruv servis kompaniyalari faoliyatidan noroziligi mavjudligi ta’kidlandi.
📋 Deputat mazkur masalalar o‘rganishlar davomida hamda tegishli doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilingani, ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar bildirilganini qayd etib, mas’ullarning munosabatini so‘radi.
🗣️ JAVOB: Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari — Uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i Obidjon Mo‘minov deputat tomonidan ko‘tarilgan muammolar haqiqatda mavjudligini tasdiqladi.
♻️ Mas’ul rahbarning ta’kidlashicha, kommunal sohadagi laboratoriyalarni zarur uskunalar bilan ta’minlash, texnik imkoniyatlarni yaxshilash va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish uchun qo‘shimcha moliyaviy mablag‘lar talab etiladi.
💡 Shuningdek, deputatlar tomonidan bildirilgan takliflar ko‘rib chiqilayotgani hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi ma’lum qilindi.
📁 Mazkur masala kommunal xizmatlar sifatini oshirish, sohadagi moddiy-texnik bazani mustahkamlash hamda aholining boshqaruv servis kompaniyalari faoliyatidan noroziligiga sabab bo‘layotgan muammolarni bartaraf etish nuqtayi nazaridan dolzarb ahamiyatga ega.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash