





#162_ta_Qonunlar_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #Biriktirilgan_tashkilot #Okrugda_o‘rganish #Deputatlik_nazorati
Shu maqsadda hududda infratuzilmani yaxshilash, ichki yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi, elektr energiyasi va boshqa kommunal xizmatlar sifatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar holati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
Mazkur o‘rganish tadbiri Mazkur tadbir Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A.Oripov, Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi Kotibiyati mudiri M.Xujanov, tuman Kengashining 20-“Sayrak” saylov okrugidan saylangan deputati A.Egamberdiyev hamda Kotibiyat bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqov ishtirokida “Ovchi” mahallasida deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.
O‘rganish jarayonida mahalla raisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 162 ta qonun va 24 ta tavsiya ijrosi nuqtayi nazaridan tahlil qilindi jumladan: hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, ichki yo‘llar va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini saqlash va ta’mirlash, aholi muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilish, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, jamoatchilik nazoratini tashkil etish va fuqarolar yig‘ini faoliyatini muvofiqlashtirish kabi yo‘nalishlar atroflicha tahlil qilindi.
Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, infratuzilma obyektlari holatini yanada yaxshilash, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish yuzasidan mas’ullarga aniq tavsiya va topshiriqlar berildi. Deputatlik nazorati davom ettirilib, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan qat’iy monitoring olib borilishi qayd etildi.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz