










#Kengash_raisi #kotibiyat_mudiri_deputat_sifatida #saylovchilar_bilan_uchrashuv
Oltinsoy tumanidagi “Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘inida deputatning hisobot hamda saylovchilar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi raisi Turdiyev Akrom Abdimuratovich, Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 12-“Bo‘ston” saylov okrugidan saylangan deputat, Kengash kotibiyati mudiri Xujanov Musurmon Abduraxmonovich hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari A. Esanov va I. Roziqovlar ishtirok etdi.
Samimiy va ochiq ruhda o‘tgan muloqot davomida saylovchilar tomonidan hududdagi mavjud muammolar, ijtimoiy masalalarga oid bir qator taklif va murojaatlar bildirildi. Bildirilgan har bir masalaning ijrosi yuzasidan chora-tadbirlar belgilanib, tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlarini yuborish bo‘yicha kelishib olindi.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz