





#19¹_modda #kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_masala #Deputatlik_nazorati
Mazkur yo‘nalishdagi ishlar doirasida Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A.Oripov, Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi Kotibiyati mudiri M.Xujanov, tuman Kengashining 20-“Sayrak” saylov okrugidan saylangan deputati A.Egamberdiyev hamda Kotibiyat bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqov ishtirokida “Sayrak” mahallasida navbatdagi deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.
Deputatlik nazorati davomida mazkur toifadagi fuqarolarning yashash sharoitlari, xonadonlarda amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari sifati va belgilangan vazifalarning ijrosi joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda ta’mirlash ishlarini sifatli va o‘z vaqtida yakunlash yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi. Shuningdek, fuqarolar bilan muloqot qilinib, ularning murojaat va takliflari tinglandi.
Deputatlik nazorati tadbirlari qarorlar ijrosini ta’minlash, aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda ehtiyojmand oilalarning turmush sharoitlarini yaxshilashga xizmat qilmoqda.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz