










#Kengash_raisi #kotibiyat_mudiri_deputat_sifatida #saylovchilari_bilan_o‘chrashdi #mahalla_ettilik #hisoboti_eshitildi
Oltinsoy tumanidagi “Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla yettiligining hisobot yig‘ilishi hamda deputatning saylovchilar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va mahalliy Kengashlar tomonidan qabul qilingan “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning mahalla yettiligi bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V-sonli qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalla darajasida ijro intizomi va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida tashkil etildi.
Hisobot yig‘ilishi va muloqotda Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi raisi Turdiyev Akrom Abdimuratovich, Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 12-“Bo‘ston” saylov okrugidan saylangan deputat, Kengash kotibiyati mudiri Xujanov Musurmon Abduraxmonovich hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqovlar ishtirok etdi.
🏛 MAHALLA YETTILIGI HISOBOTI ESHITILDI
Tadbir davomida “Bo‘ston” MFY yettiligi a’zolari — mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar etakchisi, ijtimoiy xodim, profilaktika inspektori va soliq inspektorining amalga oshirgan ishlari hamda kelgusidagi rejalari yuzasidan axborotlari eshitildi:
·📈 Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish: Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash borasidagi ko‘rsatkichlar;
·🤝 Ijtimoiy himoya: Kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalarga manzilli yordam ko‘rsatish, “Ijtimoiy daftar”lar bilan ishlash tizimi;
·👮 Jamoat xavfsizligi: Mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda profilaktik tadbirlar natijadorligi;
·📊 Soliq tushumlari: Mahalliy soliqlar tushumini ta’minlash va moliyaviy intizomni mustahkamlash masalalari.
Mas’ullarga kamchiliklarni bartaraf etish va tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz