

#Buni_bilasizmi
#Buni_bilasizmi
📌 Xalq deputatlari Kengashi va hokim qanday hujjatlar qabul qiladi?
“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga ko‘ra:
🔹 Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi — qarorlar qabul qiladi.
🔹 Viloyat, tuman va shahar hokimi — qarorlar qabul qiladi va farmoyishlar chiqaradi.
📑 Kengash va hokimning hujjatlari, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, Yagona elektron tizimda ishlab chiqiladi, kelishiladi va ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
⚖️ Shuningdek, hujjatlarning qachondan boshlab kuchga kirishi ham qonun bilan belgilangan.
👉 Normativ-huquqiy tusga ega bo‘lmagan hujjatlar, agar hujjatning o‘zida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, Yagona elektron tizimda ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran kuchga kiradi.
👉 Normativ-huquqiy tusdagi hujjatlar esa, agar hujjatda kechroq muddat belgilanmagan bo‘lsa, rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
❗️ E’tiborli jihat: Yagona elektron tizimda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan hujjatlar, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi.
📚 Demak, qonunchilik nafaqat hokim va Kengash qanday hujjatlar qabul qilishini, balki ushbu hujjatlarning qanday tartibda rasmiylashtirilishi va qachondan kuchga kirishini ham aniq belgilaydi.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube