

#haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #5_band #qonun ijrosi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati “Tuproqqo‘rg‘on” mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati tahlil qilindi
Termiz shahrida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash va mahallalarda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha deputatlik nazorati davom etmoqda.
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 15-“Tuproqqo‘rg‘on” saylov okrugi deputati D.Toshbayeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov “Tuproqqo‘rg‘on” mahallasida bo‘lib, ijtimoiy xodim faoliyatini o‘rgandilar.
O‘rganish mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida hamda O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 23-iyuldagi O‘RQ–1159-sonli “Ijtimoiy ish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan tashkil etildi.
Mahallada Ijtimoiy reyestrga kiritilgan 141 ta oila mavjud. Ulardan 36 tasi davlat ta’minotidagi, 100 tasi kambag‘al, 5 tasi kambag‘allik chegarasidagi oilalardir.
Nazorat-tahlil davomida ushbu oilalarning ehtiyojlarini o‘rganish, ularga ijtimoiy xizmat va yordamlarni manzilli tashkil etish, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda muammolarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish masalalariga e’tibor qaratildi.
O‘rganish yakunida ijtimoiy xodim faoliyatini yanada takomillashtirish, oilalar bilan individual ishlashni kuchaytirish va aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi tomonidan qonunlar ijrosi va aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash borasidagi deputatlik nazorati izchil davom ettiriladi.