

#haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #6_band #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati “Tuproqqo‘rg‘on” mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi tomonidan mahallalarda olib borilayotgan nazorat-tahlil ishlari doirasida “Tuproqqo‘rg‘on” mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.
O‘rganishda 15-sonli “Tuproqqo‘rg‘on” saylov okrugidan saylangan deputat D.Toshbayeva hamda shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov ishtirok etdi.
Jarayon davomida xotin-qizlar faoli tomonidan fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan manzilli ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash va tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, erta nikoh hamda yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarning profilaktikasi, shuningdek, ehtiyojmand fuqarolarga ijtimoiy-huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan amaliy vazifalar belgilandi. Xususan, murojaatlarni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish, xotin-qizlar bilan individual ishlash hamda mavjud muammolarga samarali yechim topish muhimligi ta’kidlandi.
Deputatlar va “Mahalla yettiligi”ning o‘zaro hamkorligi — mahalladagi muammolarni aniqlash, aholi manfaatlarini himoya qilish va ularning hayot sifatini yaxshilashda muhim omil.
Deputatlik nazorati — muammolarni aniqlash, yechimlarni izlash va natijadorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.