Barcha yangiliklar
#Buni_bilasizmi
Gallery image 276065
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
26 Okt 2026
18:45

#Buni_bilasizmi

#Buni_bilasizmi
#162_ta_Qonun
📚 MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI: QONUN NIMA DEYDI?


🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrdagi 913-XII-sonli “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 1-moddasi mahalliy davlat hokimiyatining asosiy tamoyillarini belgilaydi.
⚖️ Asosiy qoidalar:

🔹 Xalq deputatlari Kengashlari — viloyat, tuman va shaharlarda davlat hokimiyatining vakillik organlari hisoblanadi.

🔹 Hokimlar — tegishli hududdagi ijro etuvchi hokimiyatga rahbarlik qiladi.

🔹 Hisobdorlik — viloyat va Toshkent shahar hokimlari Prezident hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi oldida, tuman va shahar hokimlari esa yuqori turuvchi hokim hamda tegishli Kengash oldida hisobdordir.

🔹 Asosiy vazifa — hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini taʼminlash, qonunlar va yuqori turuvchi organlar hujjatlari ijrosini tashkil etish hamda aholini mahalliy boshqaruvga jalb qilish.

🔹 Rasmiy ramz — mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari va hokimlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga ega boʻladilar.

📌 Xulosa: Mahalliy davlat hokimiyati hududlarni rivojlantirish, qonunlar ijrosini taʼminlash va fuqarolar manfaatlarini roʻyobga chiqarishda muhim oʻrin tutadi.

📖 Huquqni bilish — oʻz huquq va majburiyatlarini anglash demakdir!

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube